Buxgalteriya bo'limi

Samedinova Elmira Bavadinovna- Bosh buxgalter.

Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi tarkibi: 9 nafar xodim:  bosh buxgalter, bosh buxgalter o’rinbosari – 2, yetakchi buxgalter – 1, 1-chi toifali buxgalter – 3, 2-chi toifali buxgalter – 2 nafar.

Asosiy vazifalari

Birlamchi buxgalteriya hisobi – aktlar, hisob – fakturalar, xo’jalik shartnomalari, bojxona hujjatlarini yig’ish, qayta ishlash;

Buxgalteriya hisobi registrlarini, buxgalteriya dasturlarini yuritish, tashkilotning schetlarida operatsiyalarni aks ettirish;

Asosiy vositalarni hisobga olish, hisobdan chiqarish, amortizatsiya qilish, tovar-moddiy zaxiralarda ishtirok etish;

Tovar-moddiy boyliklarning kelib tushishi va sarflanishini hisobga olish;

Mahalliy va xorijiy mijozlar bilan operatsiyalarni hisobini olib borish, hisob-fakturalarni va boshqa tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;

Yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan oʼzaro hisob-kitoblarni hisobga olish, moliyaviy hujjatlarni toʼplash, arxivlash va saqlash;

Kassa operatsiyalarini amalga oshirish, banklar bilan ishlash, shu jumladan toʼlov hujjatlarini rasmiylashtirish va hisobga olish;

Ish haqqini hisoblash, ish haqi toʼlovlarini nazorat qilish, rahbariyatni tashkilot faoliyati boʼyicha tahliliy materiallar bilan taʼminlash;

Soliq bazasini shakllantirish, sugʼurta mukofotlari va toʼlovlarni hisoblash, fondlarga oʼtkazish, soliq va statistika hisobotlarini topshirish;

Tashkilotning ishlari va xizmatlari uchun narxlarni hisoblash, uzoq muddatli rejalashtirish (biznes-rejani tuzish).

Biz bilan bog’lanish:

Tel.: 71 203-01-01

e-mail: farmkomitet@ssv.uz

24.08.2022